
Bolgariyalik pop xonanda Dara «Bangaranga» qo‘shig‘i bilan Eurovision tanlovida g‘olib bo‘ldi. BBC xabar berishicha, final Vena shahrida o‘tkazilgan.
Dara hakamlar hay’ati va tomoshabinlar ovozida yuqori natija qayd etdi. U jami 516 ball to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni Isroil vakili Noam Bettan egalladi. U «Michelle» qo‘shig‘i bilan 343 ball olgan. Uchinchi o‘rin Ruminiya vakili Aleksandra Kepiteneskuga nasib qildi. Uning «Choke Me» qo‘shig‘i 296 ball bilan baholandi.

Besh talikka Avstraliya vakili Delta Gudrem va Italiya vakili Sal Da Vinchi ham kirdi.
Bolgariya uchun bu Eurovision tarixidagi ilk g‘alaba bo‘ldi. Dara tanlov oldidan asosiy favoritlar qatorida ko‘rilmagan edi. Ammo uning sahnadagi raqsi va esda qolarli chiqishi tomoshabinlar e’tiborini tortdi.
Tanlov arafasida Isroil ishtiroki sabab noroziliklar ham kuzatildi. Bunga G‘azodagi urush oqibatlari sabab bo‘lgan. Ispaniya, Islandiya va Irlandiya kabi davlatlar tadbirni boykot qilgan. Final vaqtida Isroil vakili Noam Bettan chiqishi jiddiy tartibsizliksiz o‘tdi. Uning «Michelle» qo‘shig‘i yakunda ikkinchi o‘rinni egallagan.
Keyingi yilgi Eurovision Bolgariya poytaxti Sofiyada o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Avvalroq «Kursiv» nashri Isroil ishtiroki sababli to‘rt davlat bu tanlovni boykot qilgani haqida yozgan edi.