Chevrolet yangi Chevrolet Spin avtomobilini taqdim etdi

17-may 2026 15:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet yangi Chevrolet Spin avtomobilini taqdim etdi
Foto: Chevrolet

General Motors Braziliya bozorida 2027-yilgi Chevrolet Spin MPV modelining yangi besh o‘rindiqli LTZ versiyasini taqdim etdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Yangi modifikatsiya avtomobilning 2027-yilgi yangilangan qatori ishga tushirilganidan ko‘p o‘tmay namoyish qilindi. Kompaniya ushbu versiya oilalar, professional haydovchilar va kundalik foydalanishda qulaylikka e’tibor beradigan mijozlar uchun mo‘ljallanganini bildirdi.

GM Janubiy Amerika mahsulot marketingi menejeri Gabriel Alabarsening aytishicha, Spin kenglik, amaliylik va chidamlilikni qadrlaydigan mijozlar orasida mustahkam o‘rin egallagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi besh o‘rindiqli LTZ versiyasi model imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu avtomobil ko‘proq qulaylik va amaliylik istagan xaridorlar uchun taklif qilinmoqda.

Foto: Chevrolet

Yangi Chevrolet Spin LTZ Braziliyada ishlab chiqarilgan modelning ikki qatorli o‘rindiqqa ega birinchi yuqori jihozlangan versiyasi hisoblanadi. Avval besh o‘rindiqli konfiguratsiya faqat boshlang‘ich LS komplektatsiyasida taklif qilingan.

Model, ayniqsa, taksi haydovchilari va yukxona hajmini keng saqlagan holda qulaylikka muhtoj mijozlar uchun dolzarb bo‘lishi aytilmoqda. Besh o‘rindiqli 2027 Chevrolet Spin LTZ Braziliyada ishlab chiqariladigan yengil avtomobillar orasida eng katta yukxonalardan biriga ega. Ikkinchi qator o‘rindiqlari oldinga surilganda yukxona hajmi 756 litrni tashkil qiladi.

Foto: Chevrolet

Orqa o‘rindiqlar buklanganda va yuk tomgacha joylashtirilganda maksimal hajm 1021 litrgacha yetadi. Yangi versiya tashqi ko‘rinishda ham ayrim o‘zgarishlarga ega. Unga yangi dizayndagi g‘ildirak disklari, qoraytirilgan old panjara, moslashuvchan uzoqni yoritish chiroqlari va Amber Gray nomli yangi kuzov rangi qo‘shilgan.

2027-yilgi Chevrolet Spin LTZ’ning besh o‘rindiqli versiyasi Braziliyadagi rasmiy Chevrolet dilerlarida sotuvga chiqarildi. Model Braziliyada, San-Pauludagi GM São Caetano do Sul zavodida ishlab chiqariladi.

Foto: Chevrolet

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Spin mijozlari orasida sodiqlik darajasi 70 foizdan oshadi. Model Janubiy Amerikada keng salon, amaliylik va maqbul narx uyg‘unligi bilan o‘z segmentida muhim o‘rin egallab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GM Chevrolet Tracker 2027 modelida uchta rangdan voz kechishi haqida yozgan edi.

Shuningdek