Eron janubida avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Eron janubidagi Bushehr viloyatida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan.
Eron davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, Asaluyeh, Kongon yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus Sirof ko‘prigi yaqinida ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida yana bir necha kishi turli darajada jarohat olgan. Jabrlanganlarga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng ular yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Avariya sabablari hozircha aniqlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda har yili yo‘l-transport hodisalari oqibatida qariyb 20 ming kishi halok bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Eronga muzokara uchun beshta shart qo‘ygani haqida yozgan edi.