Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari Boku shahrida Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif buyuradi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17–18-may kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev taklifiga binoan amalga oshiriladi. Davlat rahbari Boku shahrida Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi.

Sammit BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilmoqda. Shavkat Mirziyoyev tadbirda nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Forum shaharlarni barqaror rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish va iqlim barqarorligi muhokama qilinadi.

Shuningdek, uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek