Lenovo yettinchi avlod ThinkPad 14s noutbuklarini taqdim etdi

Lenovo kompaniyasi AMD Ryzen AI 400 seriyali protsessorlariga asoslangan, 96 GB gacha tezkor xotira sig‘imiga ega yangi yettinchi avlod ThinkPad 14s noutbuklar tarmog‘ini namoyish etdi.
Yangi ThinkPad 14s modellariga asab tarmoqlari hisoblari uchun ko‘p miqdordagi NPU-bloklari va unumdor o‘rnatilgan videochipga ega AMD Ryzen AI 400 protsessorlari o‘rnatilgan. Baza versiyasi AI 5 Pro 440 bilan, flagman modeli esa 55 TOPS quvvatga ega AI 9 HX Pro 470 protsessori bilan ta’minlangan.

Qurilmalarda alohida ajratilgan videochip mavjud emas, biroq barcha protsessorlar Radeon 800M seriyali integratsiyalangan videochipga ega.

Tezkor xotiraning (RAM) minimal hajmi 16 GB bo‘lsa-da, kompaniya 96 GB gacha operativ xotiraga ega turli xil jamlanmalarni taklif etadi.
Baza modeli 500 nit yorqinlikdagi 14 dyuymli IPS-panelga ega. Katta versiyalar esa xuddi shunday yorqinlikdagi, ammo DCI-P3 rang qamrovi 100 foiz bo‘lgan OLED-ekranlar bilan jihozlangan.

ThinkPad an’analariga sodiq qolgan holda, klaviatura markazida trekpad yoki sichqoncha o‘rnini bosa oluvchi joystik-trekpoint joylashgan. Noutbuklarning narxi 1,9 ming yevro ($2,1 ming atrofida)dan boshlanadi. Flagman modelining bahosi esa 4 ming yevro ($4,3 ming atrofida)ni tashkil qiladi. Qurilmalar Yevropaning ayrim mamlakatlari va Avstraliyada sotuvga chiqarildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Gemini uchun maxsus noutbuk liniyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.