O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 7,4 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi – 110 815 ta
Statistika
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 7,4 foizga oshdi / Foto: Depositphotos

2026-yil 1-may holatiga O‘zbekistonda 580,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 40,2 mingtaga yoki 7,4 foizga oshgan, deya ma’lum qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida qayd etilib, ularning soni 110 815 tani tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (54 874 ta), Samarqand viloyati (53 724 ta) va Farg‘ona viloyati (49 410 ta) joylashgan.

Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 44 492 ta, Andijon viloyatida 35 605 ta, Buxoro viloyatida 35 223 ta, Namangan viloyatida 34 035 ta hamda Xorazm viloyatida 32 895 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Sirdaryo viloyati esa 16 509 ta ko‘rsatkich bilan ro‘yxatning quyi qismida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, hududlarda biznes faolligining oshishi va yangi korxonalar sonining ortishi mehnat bozori va investitsiya muhitiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning ilk choragida 12,2 mlrd dollar import amalga oshirilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek