Sport

Ronaldu Saudiyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar

«An-Nasr» hujumchisi bu mavsumda o‘zining ilk rasmiy sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin
Роналду против Ан Насра: клуб пойдет на уступки португальскому футболисту
Foto: Championat

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida joriy yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda chempionatning rasmiy sayti xabar berdi.

41 yoshli portugaliyalik hujumchi nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan besh nafar futbolchidan biri bo‘ldi. Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga Joau Feliks («An-Nasr»), Ruben Nevesh («Al-Hilol»), Ayven Touni («Al-Ahli») va Xulian Andres Kinyones («Al-Qodisiya») ham da’vogarlik qilmoqda.

Foto: spl.com

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ronaldu «An-Nasr» bilan navbatdagi sovrinni qo‘ldan boy berdi. Jamoa OChL 2 finalida Yaponiyaning «Gamba Osaka» klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 2023 yilning qishida Riyod klubiga o‘tganidan beri Ronaldu hali birorta ham rasmiy sovrin yuta olmadi.

U shu paytgacha Saudiya Arabistoni chempionati, OChL, Qirol kubogi va Superkubok bahslarida jami 14 ta turnirda g‘alaba qozona olmadi. Uning «An-Nasr»dagi yagona muvaffaqiyati 2023 yilgi o‘rtoqlik maqomidagi Arab chempionlari kubogi g‘olibligi bo‘lib turibdi.

Foto: Telegram

Shunga qaramay, hujumchi 21-may kuni o‘zining ilk rasmiy sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab qolmoqda. Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi turi oldidan «An-Nasr» ikkinchi o‘rindagi «Al-Hilol»dan 2 ochko oldinda bormoqda va so‘nggi turda chempionlik masalasi hal etiladi.

Avvalroq Kursiv nashri Ronaldu muddatdan avval chempion bo‘lish imkonini boy bergani haqida xabar bergan edi.