Buxoroda kuchli shamol avtobus bekatini uchirib ketdi

eʼlon qilindi
Videotasvirlarda bekat konstruksiyasi qatnov qismiga uchib tushgani aks etgan
Ekran tasviri

Buxoro shahrida kuchli shamol avtobus bekatini o‘z o‘rnidan ko‘chirib, yo‘lning qatnov qismiga surib yubordi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda shamol po‘rtanasi bekatni o‘z o‘rnidan qo‘porib, qatnov qismiga tushirgani aks etgan. O‘sha vaqtda bekat atrofida odamlar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi holat Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida ham kuzatilgan edi. U yerda kuchli shamol bolalar maydonchasidagi batutlarni ag‘darib, uchirib ketgan. Tarqalgan videolarda ag‘darilgan batut konstruksiyalari odamlar ustiga tushgani ko‘rinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdan so‘ng Olmaotada ham kuchli yomg‘ir kuzatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek