Chegarada noqonuniy tunnel qurganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

eʼlon qilindi
Hujjat bilan Jinoyat kodeksi hamda Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
Chegarada noqonuniy tunnel qurganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda davlat chegarasi orqali noqonuniy tunnel yoki yerosti inshootlari qurish, ulardan foydalanish va bu faoliyatni moliyalashtirish uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Hujjat bilan Jinoyat kodeksi hamda Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Loyihaga ko‘ra, yer ostida noqonuniy qurilgan inshootlar, tunnellar yoki boshqa infratuzilma obyektlaridan foydalanib bojxona qonunchiligini buzish og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shuningdek, bunday tunnel va inshootlar orqali O‘zbekistondan noqonuniy chiqish, mamlakatga noqonuniy kirish yoki davlat chegarasini kesib o‘tish holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Qonun loyihasida davlat chegarasi orqali yerostida noqonuniy inshootlar va tunnellar qurilishiga sharoit yaratish ham alohida jinoyat sifatida belgilanmoqda. Bundan tashqari, bunday obyektlardan foydalanish yoki ushbu faoliyatni moliyalashtirish uchun ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri endilikda ayrim qarzdorlik bo‘yicha nizosiz ishlar sudda ko‘rilmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek