Chevrolet Tracker 2027 qanday o‘zgarishlar bilan taqdim etildi

19-may 2026 16:46 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Tracker 2027 qanday o‘zgarishlar bilan chiqdi
Foto: GM Authority

General Motors Braziliyada 2027-yilgi Chevrolet Tracker krossoverini rasman taqdim etdi. GM Authority yozishicha, model xavfsizlik va texnologiyalar bo‘yicha bir qator yangilanishlarga ega bo‘ldi.

Kompaniya yangi Tracker xaridorlar uchun eng muhim yo‘nalishlar, ya’ni xavfsizlik, qulaylik va ulanish imkoniyatlari bo‘yicha takomillashtirilganini ma’lum qildi.

Krossoverga yangi avlod Chevrolet Intelligent Driving tizimi o‘rnatildi. Endi avtomobil avtomatik favqulodda tormozlash, piyoda va velosipedchilarni aniqlaydigan to‘qnashuv haqida ogohlantirish tizimi hamda yo‘lakda ushlab turish funksiyasiga ega bo‘ldi.

Foto: GM Authority

Shuningdek, modelga ko‘rish maydoni kengaytirilgan yangi old kamera qo‘shildi. U yo‘ldagi turli obyekt va vaziyatlarni aniqlab, xavfsizlik tizimlari samaradorligini oshiradi.

1,0 litrli Turbo versiyalarda yangi start/stop tizimi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, xaridorlarga sakkiz yil bepul OnStar xizmatlari ham taqdim etiladi.

2027-yilgi Tracker uchun Amber Gray nomli yangi kuzov rangi ham qo‘shildi. U avvalgi Rush Gray rangini almashtirdi.

Foto: GM Authority

Model Braziliyada Turbo AT, LT, LTZ, Premier va RS komplektatsiyalarida sotuvga chiqadi. Dastlabki uchta versiya 115 ot kuchiga ega 1,0 litrli turbomotor bilan jihozlanadi. Premier va RS versiyalarida esa 141 ot kuchiga ega 1,2 litrli turbodvigatel o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Traverse 2027 yangi kameralar bilan jihozlanishi xabar qilingandi. Yangi modelda salon ichini kuzatuvchi kamera standart uskuna sifatida taqdim etiladi. U Cabin Glance funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek