
«Manchester Siti» klubi Enso Mareskani yangi bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha to‘liq og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Joriy mavsum yakunida Pep Gvardiola klubni tark etishiga qaror qilgani ortidan rahbariyat tezkorlik bilan yangi murabbiy nomzodini tanladi. Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, «shaharliklar» rahbariyati uzoq izlanishlarsiz, asosiy nishon sifatida aynan Enso Mareskani tanlagan.

Yaqin orada «Siti»ning rasmiy bayonoti hamda Pep Gvardiolaning muxlislar bilan vidolashuv tadbiri kutilmoqda. Enso Mareska avvalroq «Manchester Siti» murabbiylar shtabida ishlagan bo‘lib, Pep Gvardiolaning o‘yin falsafasini davom ettirish uchun ideal nomzod sifatida baholanyapti.
Xabarlarga ko‘ra, u klub bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Ushbu o‘zgarishlar bilan klub o‘zining an’anaviy o‘yin uslubini saqlab qolish niyatida. Yangi mavsumdan boshlab jamoani rasman Mareska qabul qilib oladi.
Avvalroq Kurssiv Uzbekistan Joze Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyiga aylanishi haqida xabar bergan edi.