Avto

GWM Wey V9X qanday imkoniyatlar bilan sotuvga chiqdi

Model uchun oldindan buyurtmalar o‘tgan oy ochilgan edi
GWM Wey V9X qanday imkoniyatlar bilan sotuvga chiqdi
Foto: GWM

Great Wall Motor (GWM) kompaniyasining Wey brendi yangi GWM Wey V9X avtomobilini Xitoy bozorida sotuvga chiqardi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Model uchun oldindan buyurtmalar o‘tgan oy ochilgan edi. Yangi avtomobil uch xil talqinda taklif etiladi. Wey V9X narxi 349,8 ming yuandan boshlanadi. Eng yuqori talqin 389,8 ming yuanga baholangan. Bu taxminan $51,4 mingdan $57,3 minggacha degani.

Foto: GWM
Foto: GWM

Dastlab bozorga Super Hi4 plagin-gibrid versiyalari chiqarildi. Keyinroq HEV gibrid va to‘liq elektr versiyalar ham model qatoriga qo‘shilishi kutilmoqda. Avtomobil dizayni an’anaviy Xitoy me’morchiligi uslubidan ilhomlangan. Old qismda yopiq «Star-ring» panjara va Galaxy uslubidagi uzluksiz LED chiroq chizig‘i qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GWM kompaniyasi yangi Tank 700 yo‘ltanlamasini taqdim etgani haqida yozgan edi.