O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

19-may 2026 14:02 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: MOQ

Xitoyning Chunsin shahrida o‘tkazilayotgan yengil atletikaning sakrash dasturlari bo‘yicha Osiyo chempionatining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi.

Foto: MOQ

Ushbu qit’a birinchiligi birinchi marta alohida tartibda tashkil etilmoqda. Balandlikka sakrash sektorida Barnoxon Sayfullayeva qatnashib, 1,83 metr natija ko‘rsatdi va musobaqada birinchi o‘rinni egallab, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Foto: MOQ

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik atlet Anvar Anvarov ham turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U o‘z yo‘nalishida 8,06 metr natija qayd etib, oltin medalga egalik qildi. Ma’lumot uchun, Anvar Anvarov kuni kecha o‘tkazilgan Brilliant liga musobaqasining birinchi bosqichida ham shohsupaga ko‘tarilgan edi.

Avvalroq Kursiv nashri o‘zbekistonlik sportchi qizlar Osiyo chempionatida ikkita oltin medal olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek