Qariyb 300 million so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlandi

Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida 298,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro «Binokor» MFY hududidagi xonadonida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 189,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Surxondaryo viloyati Jarkurg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJ energetigi va boshqalar «Xalqobod» MFY hududidagi binoda umumiy elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 109,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum qilingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan tadbirkorning 2 milliard so‘mlik mahsulotini o‘zlashtirilganlar qo‘lga olingan edi.