Samarqandda kanalga tushib ketgan Nexia-3 olib chiqildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Samarqandda kanalga tushib ketgan Nexia-3 olib chiqildi — video
Foto: viloyat YHXB videosidan ekran tasviri

Samarqand shahridagi Rudakiy va Chuquryo‘l ko‘chalari kesishmasida kanalga tushib ketgan Nexia-3 avtomobili olib chiqildi. Bu haqda viloyat YHXB ma’lum qildi.

YTHda Cobalt va ikkita Nexia-3 rusumli avtomobil ishtirok etgan. Hodisa oqibatida Nexia-3 avtomobillaridan biri kanalga tushib ketgan. Voqea joyiga mas’ul xodimlar zudlik bilan yetib borgan. Kanalga tushib ketgan avtomobil maxsus texnika yordamida chiqarib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ushbu avtomobil haydovchisi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga tan jarohati yetmagan. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

YHXB haydovchilardan tezlik me’yoriga rioya qilishni va yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda avtomobil boshqarishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek