San-Diegodagi masjidda otishma yuz berdi

eʼlon qilindi
Halok bo‘lganlar orasida xavfsizlik xodimi ham bor
San-Diegodagi masjidda otishma yuz berdi
Foto: Videodan ekran tasviri

AQShning San-Diego shahridagi masjid va maktab hududida otishma sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida uch nafar katta yoshli kishi halok bo‘lgan.

Otishma Clairemont mavzesida joylashgan Islamic Center of San Diego hududida yuz bergan. Clairemont San-Diego markazidan taxminan 8 mil shimolda joylashgan. Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida xavfsizlik xodimi ham bor. Mutasaddilar uning harakati qurbonlar soni yanada oshib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynaganini bildirdi.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Hodisa joyiga ko‘plab huquq-tartibot organlari xodimlari jalb qilingan. Politsiya ikki nafar gumonlanuvchi ham vafot etganini ma’lum qildi. Ularning yoshi 17 va 18 da bo‘lgan.

Islom markazi imomining aytishicha, hodisa vaqtida masjid hududida bo‘lgan barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va maktab xodimlari xavfsiz joyga olib chiqilgan. Politsiya otishma sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov olib bormoqda. Rasmiylar hozircha qo‘shimcha tafsilotlarni e’lon qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQShda erkak sakkiz bolani otib o‘ldirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek