Turkiyada restoranga qurolli hujum uyushtirildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Mersin viloyatida qurolli hujumlar oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi. Bu haqda CNN Turk xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Jamlıyayla va Tarsus tumanlarida sodir bo‘lgan. 37 yoshli shaxs avval Jamlıyayla tumanining Darıpınarı mahallasida yashovchi sobiq rafiqasini o‘ldirgan. Shundan so‘ng u avtomobilida voqea joyidan qochgan. Keyin Tarsus tumanidagi Kadelli mahallasida joylashgan restoran oldiga borgan va u yerda o‘t ochgan.
Hujum oqibatida restoran egasi va muassasa xodimi halok bo‘lgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam va jandarmiya xodimlari yuborilgan. Xabarga ko‘ra, gumonlanuvchi keyinroq yana uch kishini o‘ldirgan. U qochish davomida yana 7 kishini yaralagan.
Politsiya xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyot boshlagan. Yo‘llarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Hudud havodan vertolyot va dronlar yordamida kuzatilmoqda. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.
Avvalroq San-Diegodagi masjidda otishma yuz bergani haqida yozgan edik.