WhatsApp yo‘qoluvchi xabarlar funksiyasini iOS tizimida ham sinab ko‘rmoqda

eʼlon qilindi
5 daqiqa, 1 soat yoki 2 soatlik vaqt oralig‘ida
WhatsApp qo‘ng‘iroqlarda shovqinni bekor qilish funksiyasini joriy qiladi
WhatsApp yo‘qoluvchi xabarlar funksiyasini iOS tizimida ham sinab ko‘rmoqda / Foto: Techcareer

WhatsApp Android ilovasida sinovdan o‘ta boshlagan «View-Once» yo‘qolib ketuvchi xabarlar funksiyasini endi iOS tizimida ham test qilmoqda. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur funksiya WhatsApp’ning iOS uchun 26.19.10.72 beta-versiyasida mavjud. Foydalanuvchilar uni «Default message timer» bo‘limidagi «After reading» opsiyasi orqali faollashtirishi mumkin bo‘ladi.

Yangi imkoniyat xabar o‘qilgandan keyin avtomatik o‘chib ketish vaqtini belgilashga xizmat qiladi. Hozircha foydalanuvchilar 5 daqiqa, 1 soat yoki 2 soatlik vaqt oralig‘ini tanlay oladi. Agar xabar qabul qiluvchi tomonidan o‘qilmasa, u 24 soatdan keyin avtomatik tarzda o‘chib ketadi.

Funksiya yuboruvchi va qabul qiluvchi qurilmalarida turlicha ishlaydi. Masalan, foydalanuvchi soat 10:00 da 5 daqiqalik muddat bilan xabar yuborsa, u yuboruvchining qurilmasidan 10:05 da avtomatik o‘chadi. Agar qabul qiluvchi xabarni 10:10 da o‘qisa, u holda xabar uning qurilmasidan 10:15 da yo‘qoladi. O‘qilmagan xabar esa keyingi kun aynan shu vaqtda avtomatik o‘chiriladi.

Hozircha ushbu funksiya iOS’dagi ayrim beta foydalanuvchilari uchun mavjud. WhatsApp uni Android va iOS foydalanuvchilari uchun qachon ommaga taqdim etishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp qo‘ng‘iroqlarda shovqinni bekor qilish funksiyasini joriy qilishi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek