Xiaomi 17T seriyasi 144 Hz ekran va Leica kamerasi bilan chiqishi kutilmoqda

19-may 2026 14:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 17T seriyasi 144 Hz ekran va Leica kamerasi bilan chiqishi kutilmoqda
Rasm Grok yordamida yaratilgan

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 17T seriyasini 144 Hz ekran va Leica kamerasi bilan taqdim etmoqchi. Bu haqda Huaweicentral nashri xabar berdi.

Yangi liniya standart Xiaomi 17T va Xiaomi 17T Pro modellaridan iborat bo‘ladi. Har ikki model yangilangan dizayn, kuchli protsessor va kamera imkoniyatlariga urg‘u beradi.

Xiaomi 17T bazaviy modeli 6,59 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Xiaomi 17T Pro esa 6,83 dyuymli displeyga ega bo‘lishi kutilmoqda. Har ikki smartfonda tekis panel qo‘llanadi. Ekranlar 1.5K aniqlik va 144 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Modellar o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri protsessorda bo‘ladi. Xiaomi 17T Dimensity 8500 chipi bilan chiqishi aytilmoqda. Pro versiya esa kuchliroq Dimensity 9500 platformasiga ega bo‘ladi.

Kamera qismida Leica optikasi qo‘llanishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfonlarda 5 karra optik yaqinlashtirishga ega periskop teleobyektiv bo‘lishi mumkin. Xiaomi 17T Pro modelida 50 megapikselli OmniVision OV50Q sensori ishlatilishi taxmin qilinmoqda. U 1/1,3 dyuymli yirik matritsa va LOFIC texnologiyasi bilan ajralib turadi.

Bu texnologiya suratlarda detallarning yaxshiroq saqlanishi va past yorug‘likda sifatliroq tasvir olishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi YU7 GT avtomobili qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek