20-may kuni Toshkent atmosferasi ifloslanish darajasi qanday

Toshkent shahrida 20-may holatiga ko‘ra, atmosfera havosining ifloslanish darajasi me’yorda ekanligi qayd etildi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 20-may kuni soat 09:00 da PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 48 mkg/m3 ni tashkil qilgan. Bu ruxsat etilgan me’yor 300 mkg/m3 dan past. PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa 16 mkg/m3 bo‘lib, ruxsat etilgan me’yordan 60 mkg/m3 oshmagan.

Ma’lumot uchun, 20-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda esa kuchli yog‘ingarchilik va sel-suv toshqinlari xavfi bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent havosi eng ifloslangan shaharlar o‘nligiga kirgani haqida xabar bergan edi.