Gadjetlar

Lenovo Legion Y70 smartfonini kuchli batareya bilan taqdim etdi

Narxi $450 dan boshlanadi
Lenovo Legion Y70 smartfonini kuchli batareya bilan taqdim etdi / Foto: Lenovo

Lenovo mobil o‘yinlar uchun mo‘ljallangan yangi flagman smartfoni – Legion Y70 (2026) modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Yangi model Snapdragon 8 Gen 5 (non-Elite) protsessori asosida ishlaydi hamda 12 GB yoki 16 GB LPDDR5X tezkor operativ xotira bilan jihozlangan. Ichki xotira esa 256 GB UFS 4.1 tezlikdagi saqlash tizimini taklif etadi. Qurilmaning sovitish tizimi 5500 mm² hajmdagi bug‘ kameraga asoslangan bo‘lib, u protsessor haroratini taxminan 7°C ga kamaytirishi mumkin.

Foto: Lenovo

Smartfon 6,8 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 144 Hz yangilanish chastotasi, Dolby Vision qo‘llab-quvvatlashi va 7000 nitgacha maksimal yorqinlikni taqdim etadi. Energiya manbai sifatida esa 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u 90W tezkor quvvatlash hamda bypass charging texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya qurilma bir zaryadda ikki kungacha ishlashi va 1200 zaryad sikligacha yoki taxminan 7 yil xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Kamera tizimi uch modulli bo‘lib, 50 MP asosiy kamera (f/1.8), 8 MP ultra keng burchakli kamera hamda 32 MP old kamera bilan jihozlangan. Ultra keng kamera 2,5 sm gacha yaqin fokuslash imkoniyatiga ega. Qurilma muzrang va karbon qora ranglarda, 12/256 GB, 12/512 GB, 16/512 GB hamda 1 TB/512 GB variantlarda sotuvga chiqarilgan. Boshlang‘ich narxi esa taxminan $450 etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lenovo kompaniyasi ThinkTab X11 va Idea Tab Pro Gen 2 planshetlarini taqdim etgan edi.