O‘zbekistonda yil boshidan buyon o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ildi — 51,5 foiz

eʼlon qilindi
O‘g‘il bolalar soni qiz bolalarga nisbatan 5,9 mingta ko‘p
O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 15,6 ming egizak chaqaloq tug‘ildi
O‘zbekistonda yil boshidan buyon o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ildi / Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2026-yil yanvar—mart oylarida mamlakat bo‘yicha jami 191 086 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Tug‘ilishlar sonida o‘g‘il bolalar ulushi 51,5 foizini tashkil qildi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, chaqaloqlardan 98,5 ming nafari o‘g‘il bolalar bo‘lib, ular umumiy tug‘ilishlarning 51,5 foizini tashkil qilgan. Qiz bolalar soni esa 92,6 ming nafarni yoki 48,5 foizni tashkil etgan.

Hududlar kesimida qaralganda, shaharlarda 93,7 mingta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lsa, qishloq joylarda bu ko‘rsatkich 97,4 mingtani tashkil qilgan. Bu mos ravishda jami tug‘ilishlarning 49,1 va 50,9 foiziga teng.

Shuningdek, hisobot davrida har ming aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 20,2 promilleni tashkil etgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–mart oylarida nikohlar soni 42,3 mingtani tashkil etgan edi.

Shuningdek