Raqobat yoki reklama qoidabuzarligi haqida xabar berganlar qancha mukofot puli oladi

eʼlon qilindi
Anonim murojaatlar ham ko‘rib chiqiladi, ammo bunday holatda mukofot to‘lanmaydi
Raqobat yoki reklama qoidabuzarligi haqida xabar berganlar qancha mukofot puli oladi
Rasm: SI

O‘zbekistonda raqobatga qarshi kelishuvlar va reklama qonunchiligi buzilgani haqida ma’lumot bergan fuqarolarni rag‘batlantirish tartibi joriy etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga ko‘ra, qonunbuzarlik haqida ma’lumot bergan shaxsga jarimadan tushgan mablag‘ hisobidan mukofot puli to‘lanadi.

Raqobatga qarshi kelishuvlar aniqlansa, xabar bergan shaxs jarima qoldiq summasining 3 foizigacha, ammo BHMning 100 baravaridan oshmagan (41,2 mln so‘m) miqdorda mukofot oladi.

Reklama qonunchiligi buzilgani haqida ma’lumot berganlarga esa jarimaning 10 foizigacha, biroq BHMning 10 baravaridan oshmagan (4,1 mln so‘m) miqdorda pul beriladi.

Ma’lumotlar og‘zaki, yozma, elektron tizim yoki ishonch telefonlari orqali yuborilishi mumkin. Murojaatda qonunbuzarlik tafsilotlari, dalillar va murojaatchi haqida ma’lumot bo‘lishi kerak.

Anonim murojaatlar ham ko‘rib chiqiladi, ammo bunday holatda mukofot to‘lanmaydi.

Qonunbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarning ma’lumotlari sir saqlanishi, ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.

Shuningdek, rag‘batlantirish puli soliqdan ozod etiladi va mablag‘ jarima undirilganidan keyin 15 ish kuni ichida murojaatchining hisobiga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xavfsizlik qoidabuzarliklari haqida xabar berganlar rag‘batlantirilishi haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektlari va texnik qurilmalardan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar haqida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga foto va (yoki) videomateriallar orqali xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek