Rossiya va Xitoy yetakchilari Pekinda uchrashdi. Asosiy muzokaralar boshlandi

eʼlon qilindi
Vladimir Putin va Si Szinpinning uchrashuvi AQSh prezidenti Donald Tramp tashrifidan bir necha kun o‘tib bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Reuters / Maxim Shemetov / Pool

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pekinga keldi. Muzokaralar AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyga tashrifidan bir necha kun o‘tib tashkil etildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Vladimir Putin va Si Szinpin Xalq Yig‘ilishlari Uyida uchrashuvni boshladi. Kutib olish marosimida 21 marta o‘q uzildi va harbiy orkestr jo‘rligida harbiylar marsh yurib o‘tishdi. Rossiya prezidenti Xitoy rahbari bilan uchrashishdan oldin, rasmiylar bilan salomlashgan.

Foto: Reuters

Muzokaralarda muhim e’tibor Rossiyaning «Sibir qudrati-2» (Power of Siberia 2) tabiiy gaz quvuriga qaratilishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, 2,6 ming kilometr uzunlikdagi quvur Yamal yarimorolidan Xitoyga yiliga 50 mlrd kubometr gaz yetkazib beradi. Loyiha hozircha narx borasidagi kelishmovchiliklar sababli to‘xtab qolgan.

Energetika masalalari ham uchrashuvning asosiy mavzularidan biridir. Xitoy 2022-yilda Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri Rossiyadan energiya resurslari sotib olishni sezilarli darajada oshirgan. 2025-yilda Xitoyning Rossiyadan neft importi 100,7 mln tonnani tashkil etgan, bu umumiy importning 20 foiziga teng.

Foto: Reuters / Evan Vucci / Pool

Shuningdek, Rossiya AQSh va Eron o‘rtasidagi davom etayotgan harbiy mojaroda muzokaralarga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Donald Trampning o‘tgan haftadagi tashrifi davomida Eron masalasida aniq kelishuvlarga erishilmagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Putin Mirziyoyevning Moskvaga tashrifini alohida signal deb atagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek