Sariosiyodagi daryoda oqib ketgan 13 yoshli qizning jasadi Denovda topildi

eʼlon qilindi
Qizning jasadida tan jarohati alomatlari topilmagan
Sariosiyodagi daryoda oqib ketgan 13 yoshli qizning jasadi Denovda topildi / Foto: YouTube

Surxondaryo viloyati Sariosiyodagi To‘palang daryosida oqib ketgan 13 yoshli qizning jasadi Denovda topildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tumanning «Afrosiyob» mahallasida yashagan, 26.11.2012-yilda tug‘ilgan qiz To‘palang daryosiga oqib ketganligi holati qayd etilgan. Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv ishlari boshlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida joriy yil 15-may kuni voyaga yetmagan qizning jasadi Denov tumani «Ittifoq» mahallasidan oqib o‘tuvchi To‘palang daryosi ichidan topilgan. Jasadda tan jarohati izlari topilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumaning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining suv bilan to‘silishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya oqibatida sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosiga baliq ovlashga borgan fuqaro daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan edi. Baliqchi qutqaruvchilar yordamida olib chiqilgan.

Shuningdek