Google Android Halo nomli yangi SI funksiyani namoyish etdi

eʼlon qilindi
Funksiya joriy yil oxirida foydalanishga topshiriladi
Google Android Halo nomli yangi sun’iy intellekt funksiyani namoyish etdi / Foto: Hafiza Muxtorova

Google kompaniyasi Android tizimi uchun mo‘ljallangan yangi Android Halo sun’iy intellekt funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda 9to5Google nashri ma’lum qildi.

Funksiya hozircha to‘liq ochiqlanmagan bo‘lsa-da, kompaniya uning joriy yil oxirida foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi. Google’ga ko‘ra, Android Halo foydalanuvchilarga sun’iy intellekt agentining holatini ekran yuqori qismidagi «deyarli sezilmaydigan signallar» orqali ko‘rsatib beradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu texnologiya yangi Gemini Spark modeli bilan birgalikda ishlaydi. Android Halo tizimdagi intellektual agentlar foydalanuvchi topshirgan fon vazifalarini bajarayotganini ko‘rsatadigan ixcham vizual indikator vazifasini bajarishi mumkin.

Video: Sahara Darth / YouTube

Shuningdek, Android Halo kutilayotgan Pixel Glow funksiyasining kengaytirilgan shakli bo‘lishi mumkin. Texnologiya kelajakdagi Google Pixel 11 smartfonlari uchun mo‘ljallangani taxmin qilinmoqda. Tizer videoda esa Pixel smartfoni holat satrining yuqori chap qismida paydo bo‘ladigan yorug‘lik doirasi asta-sekin Gemini’ning mashhur «uchqun» belgisiga aylanishi ko‘rsatilgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Android Halo funksiyasi Android 17 tarkibiga kiritiladi. Agar Google avvalgi reliz jadvalini saqlab qolsa, yangi Pixel qurilmalari va Android 17 haqidagi batafsil ma’lumotlar joriy yilning avgust oyida taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google 2026-yilning eng qimmat brendlari ro‘yxatida yetakchilikka erishgani haqida yozgan edik.

Shuningdek