Lamin Yamal «Barselona» uyushtirgan marosimda yangi ma’shuqasi bilan ko‘rinish berdi

21-may 2026 11:23 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Rasm SI yordamida yaratilgan

«Barselona» futbol klubi tomonidan tashkil etilgan maxsus marosimda jamoaning yosh yulduzi Lamin Yamal va ispaniyalik bloger Ines Garsiya birgalikda ishtirok etishdi. Bu ularning ishqiy munosabatlari haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.

Avvalroq, juftlikni Kataloniyadagi Cupula del Garraf restoranida birga ovqatlanayotganliklari payqashgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalarda Yamal va Garsiya restoranni Yamalning jamoadoshi Fermin Lopez va uning sevgilisi Berta Gallardo bilan birga tark etishayotgani aks etgan.

Foto: Instagram / fcbarcelona
Foto: Instagram / fcbarcelona
Foto: Instagram / fcbarcelona
Foto: Instagram / fcbarcelona

Klub marosimi esa nafaqat Yamal, balki «Barselona»ning boshqa yulduzlari uchun ham oilaviy yig‘inga aylandi. Tadbirga Pedri, Kasado, Kubarsi va Gavi kabi yosh iqtidor egalari o‘z juftlari bilan tashrif buyurishdi.

Marosimda tajribali futbolchilar ham ishtirok etdi. Xususan, joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini ma’lum qilgan polshalik hujumchi Robert Levandovski, shuningdek, Rafinya, Markos Reshford va Voytsex Shesni kabi futbolchilar ham turmush o‘rtog‘i hamda hamrohlari bilan ko‘rinish berishdi.

Foto: Instagram / fcbarcelona
Foto: Instagram / fcbarcelona
Foto: Instagram / fcbarcelona

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lamin Yamal g‘alaba paradida «Real» muxlislarini kamsitgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek