Oppo Reno 16 va Reno 16 Pro smartfonlari qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

21-may 2026 11:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo Reno 16 va Reno 16 Pro smartfonlari qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: Gadgets 360

Oppo kompaniyasi Oppo Reno 16 smartfonlar seriyasining asosiy xususiyatlarini ochiqladi. Yangi qurilmalar 25-may kuni Xitoyda taqdim etiladi, deya xabar berdi Gizmochina.

Seriyaga Oppo Reno 16 va Reno 16 Pro modellari kiradi. Kompaniya ikkala smartfonga ham kuchli kamera tizimini joylashtirgan. Bu esa asosiy va Pro versiya o‘rtasidagi farqni kamera emas, asosan ekran, chip va batareya orqali ajratadi. Har ikki model 200 MP asosiy kamera bilan jihozlanadi. Unga 50 MP ultra keng burchakli kamera va 50 MP periskop teleobyektiv qo‘shiladi. Shuningdek, qurilmalarda aqlli LED chiroq ham bo‘ladi.

Texnik jihatdan modellarda sezilarli farq bor. Oppo Reno 16 6,32 dyuymli OLED ekranga ega bo‘ladi. Smartfon Dimensity 8550 chipida ishlaydi. Uning batareyasi 6700 mA·soatni tashkil etadi. Oppo Reno 16 Pro esa yirikroq 6,78 dyuymli ekran bilan chiqadi. Ushbu modelga Dimensity 9500s chipi o‘rnatiladi. Pro versiya 7000 mA/soat sig‘imli batareya oladi. Unda simsiz quvvatlash imkoniyati ham bo‘ladi.

Oppo yangi smartfonlarni turli xotira talqinlarida chiqaradi. Eng yuqori versiyada 16 GB tezkor xotira va 1 TB ichki xotira bo‘ladi. Reno 16 va Reno 16 Pro yangi ranglarda taqdim etiladi. Kompaniya selfi olish uchun Oppo Bubble nomli ko‘zgu aksessuarini ham taklif qiladi.

Avvalroq Oppo Reno 16 seriyasi 25-may kuni taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek