O‘zbekistonda ilk bor masofadan robot jarrohlik o‘tkazildi

eʼlon qilindi
Masofaviy jarrohlik amaliyoti Xitoyning Uxan shahridagi gospital bilan onlayn aloqa orqali o‘tkazilgan
O‘zbekistonda ilk bor masofadan robot jarrohlik o‘tkazildi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda ilk bor masofadan turib robot jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, operatsiyani respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi Abdurashid Abdukarimov Xitoydan turib bajargan.

Masofaviy jarrohlik amaliyoti Xitoyning Uxan shahridagi gospital bilan onlayn aloqa orqali o‘tkazilgan. Operatsiya davomida robot texnologiyalari qo‘llanilgan.

Video: SSV

SSVga ko‘ra, robot jarrohlik shifokorga eng nozik harakatlarni yuqori aniqlikda bajarish imkonini beradi. Bu esa bemorga kamroq jarohat yetishi va tezroq tiklanishga yordam beradi.

Vazirlik ushbu voqeani O‘zbekiston tibbiyoti tarixidagi yangi bosqich sifatida baholadi. Ta’kidlanishicha, endilikda masofa murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik aholiga tibbiyot sohasiga oid foydali va zamonaviy kontentlarni yetkazishga qaratilgan yangi «Doktor AI» medialoyihasini ishga tushirgandi. Unga ko‘ra, loyiha doirasida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan tibbiyotga oid videokontentlar taqdim etib boriladi.

Ta’kidlanishicha, loyiha orqali foydalanuvchilarga turli tibbiy mavzularda tavsiya va maslahatlar ham berib borilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa «Doktor AI» aholi uchun tibbiy ma’lumotlar olishda yaqin ko‘makchilardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek