Sport

Sobiq tennischi 82 yoshida universitetni tamomladi

U 1964-yilda o’quv yurtini tark etgan
Foto: Thor Thielow

AQShlik sobiq tennischi Billi Jin King 82 yoshida Kaliforniya universitetida tarix yo‘nalishi bo‘yicha ta’limni yakunladi. U sportdagi faoliyati sababli yoshligida o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan edi.

King Wimbledon Championships juftlik musobaqasida g‘olib chiqqan vaqtida hali talaba bo‘lgan. U 1964-yilda kollejni tark etgan va bir necha yil o‘tib dunyoning birinchi raketkasiga aylangan. Tennischi o‘zining butun faoliyati davomida 40 ga yaqin titulni qo‘lga kiritgan. U 2025-yilda Kaliforniya universitetiga tarix ixtisosligi bo‘yicha o‘qishni yakunlash uchun qaytgan.

Foto: Ted West / Central Press / Getty Images

«Sizning bitiruv marosimingizning bir qismi bo‘lish men uchun sharafdir», — dedi King diplom topshirish marosimida.

U ishchi oilasida o‘sganini, otasi o‘t o‘chiruvchi, onasi esa uy bekasi bo‘lganini so‘zlab berdi.

«Ko‘plab kursdoshlarim kabi, men o‘z oilamda oliy ma’lumot olgan birinchi insonman», — ta’kidladi tennischi.

Foto: AFPBBNews

U 1973-yilda Women’s Tennis Association tashkilotiga asos solgan hamda US Open turnirida erkaklar va ayollar uchun teng mukofot pullari joriy etilishiga erishgan.

Nutqi so‘ngida u talabalarga qarata: «Hayotdan zavqlaning. Jasur bo‘ling. Va tarix yarating», — deya murojaat qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik stol tennis ustalari Qatarda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.