Xiaomi Poco Pad C1 yangi hamyonbop planshetini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Poco brendi ostida Poco Pad C1 nomli yangi hamyonbop planshetni taqdim etdi. Qurilma kompaniyaning global rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
Planshet 9,7 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan bo‘lib, ekran 2K — 2048×1280 piksel aniqlik hamda 120 Gs yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma metall korpusda ishlab chiqarilgan, qalinligi 7,4 mm, vazni esa taxminan 406 grammni tashkil qiladi.

Poco Pad C1 Qualcomm Snapdragon 6s 4G Gen 2 protsessori asosida ishlaydi. Qurilma 6 GB gacha tezkor hamda 128 GB gacha ichki xotira bilan taqdim etiladi. Shuningdek, microSD kartalari orqali xotirani 2 TB gacha kengaytirish imkoniyati mavjud.
Planshetda 4G aloqa qo‘llab-quvvatlovi, ikkita dinamik va 3,5 mm quloqchin porti ham mavjud. Qurilma 7600 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 18 vattli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera 8 megapiksel, old kamera esa 5 megapikselni tashkil etadi.

Yangi model HyperOS 3 operatsion tizimida ishlaydi. Planshet ko‘k va kulrang ranglarda taqdim etiladi. Dastlabki xaridorlar uchun 4/64 GB talqini $140, 6/128 GB versiyasi esa $180 narxda sotilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi kompaniyasi Band 10 Pro qurilmasini yengil dizayn bilan taqdim etilgan edi.