Hazorasp va Yangibozor tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

eʼlon qilindi
Tuman Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida
Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokim tayinlandi / Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm viloyatining Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Xalq deputatlari tuman Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Unda Ruslan Rustamovich Jumaniyazov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Jumaniyazov ushbu tayinlovga qadar Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Shuningdek, Alisher Sharifbayevich Masharipov Yangibozor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Masharipov bunga qadar Yangibozor tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.

Shuningdek