
Xorazm viloyatining Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Unda Ruslan Rustamovich Jumaniyazov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Jumaniyazov ushbu tayinlovga qadar Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Alisher Sharifbayevich Masharipov Yangibozor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Masharipov bunga qadar Yangibozor tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.