Mirziyoyev davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish muhimligini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturi bo‘yicha forum va taqdirlash marosimida davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish muhimligini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari mamlakatda olib borilayotgan islohotlar markazida inson qadrini ulug‘lash, aholi va tadbirkorlar uchun munosib sharoit yaratish turganini ta’kidladi. Prezident so‘nggi 10 yilda «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim» degan tamoyil davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi.
«Samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy modellarni joriy qilish, Birlashgan Arab Amirliklari erishgan yutuq va ilg‘or tajribani tatbiq etish biz uchun foydali bo‘lmoqda. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda ushbu mamlakat bilan davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi», — deya qayd etgan Mirziyoyev.
Prezident samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va sohaga zamonaviy modellarni joriy etishda Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi O‘zbekiston uchun foydali bo‘layotganini aytdi. U so‘nggi yillarda BAA bilan davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi.
Prezident «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturini ushbu sheriklikning amaliy natijasi deb atadi. Shavkat Mirziyoyev dasturni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Amirliklar rahbariyati va BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviyga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» prezident futbolchilarni JChga kuzatish marosimida ishtirok etishi haqida yozgan edi.