Oylik maosh 3 ming dollargacha: tajribali haydovchilar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Dasturda 21 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar qatnashishi mumkin
Tajribali haydovchilar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda / Foto: Hafiza Muxtorova

Migratsiya agentligi, «Vatanparvar» tashkiloti, Yaponiyaning Onodera User Run hamda Willer Express kompaniyalari hamkorligida tezyurar avtobus va yuk mashinasi haydovchilari uchun tanlov tashkil etadi. Bu haqda agentlik xabar berildi.

Dasturda 21 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Talabgorlarda D, CE yoki BC toifalaridan kamida bittasi bo‘lishi kerak. Shuningdek, haydovchilik guvohnomasi olinganiga kamida 2,5 yil bo‘lishi hamda guvohnoma olinganidan keyin nomzod O‘zbekistonda kamida 3 oy yashagan bo‘lishi talab qilinadi.

Nomzodlar uchun Toshkent shahri Uchtepa tumanida 2026-yil iyun oyidan boshlab 10 oylik bepul yapon tili va kasbiy tayyorgarlik kurslari tashkil qilinadi. Kurs davomida yotoqxona bepul taqdim etiladi.

Ma’lum qilinishicha, ish o‘rganish davrining dastlabki sakkiz oyida oylik maosh $1350 – 1450 ni tashkil etadi. Haydovchilar mustaqil faoliyat boshlaganidan so‘ng esa ustama va bonuslar bilan umumiy daromad $3 minggacha yetishi mumkin.

Bundan tashqari, ishchi viza, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta hamda turarjoy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Tanlov jarayonlari onlayn shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Yaponiyada o‘zbekistonlik haydovchilar uchun 2 ming dollarlik ish taklif qilingan edi.

Shuningdek