Qayta ishlangan mahsulotlar uchun boj tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Nizom tajriba-sinov tariqasida 2027-yil 1-martgacha amal qiladi
Tajen — Dovut-ota Chegara punkti
Foto: Bojxona qo’mitasi

Bojxona hududida qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, import boji tayyor mahsulotdan emas, uni ishlab chiqarish uchun olib kirilgan xomashyo va materiallarning bojxona qiymatidan hisoblanadi.

Bunda qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi va ishlatilgan xomashyo miqdori inobatga olinadi. Qonunchilikda belgilangan bojxona imtiyozlari qayta ishlangan mahsulotlarga ham qo‘llanadi.

Nizom tajriba-sinov tariqasida 2027-yil 1-martgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohimardon va So‘x yo‘nalishi chegara postlari endi 24 soat ishlashi xabar qilingandi. Qayd etilishicha, o‘tkazish punktlari ish rejimining o‘zgartirilishi yozgi sayyohlik mavsumida chegaradan o‘tayotgan fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Mazkur tartib joriy yilning 1-oktabr kuniga qadar amal qiladi.

Shuningdek