Qirg‘izistonda prezidentning sobiq maslahatchisi Janibek Kubandikov qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Hozirda holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 209-moddasi, ya’ni “Firibgarlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Qirg‘izistonda prezidentning sobiq maslahatchisi Janibek Kubandikov qo‘lga olindi
Foto: Kaktus Media

Qirg‘izistonda Sadir Japarovning sobiq maslahatchisi Janibek Kubandikov qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy Kaktus Media nashri xabar bermoqda.

Nashr yozishicha, surat va bosh harflarga qaraganda, qo‘lga olinganlardan biri Janibek Kubandikovga o‘xshaydi. U 2023-yil dekabr oyida televideniye videolavhasida prezident Sadir Japarovning maslahatchisi sifatida tilga olingan.

Foto: Kaktus Media

Hozirda holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 209-moddasi, ya’ni «Firibgarlik» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov doirasida jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur harakatlar olib borilmoqda. Shuningdek, shunga o‘xshash boshqa holatlar ham tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qirg‘izistonda Tashiyevning ukasi yana ikki oy hibsda saqlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek