Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin

eʼlon qilindi
Banklarning mobil ilovalari hamda 24/7 rejimida ishlovchi bankomatlar orqali ham valyuta ayirboshlash imkoniyati yaratilgan
Foto: pentagroup.com

22-23-may kunlari 22 ta tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, haftaning dam olish kunlari mazkur banklar valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda:

24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari kunu tun xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham kunning istalgan vaqtida valyuta ayirboshlash amaliyotini bajarish mumkin.

Avvalroq Kursiv nashri AQSh dollari hafta davomida qanchaga o‘sgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek