Qashqadaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rilanganlar aniqlandi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida fermer xo‘jaligi elektr energiyasi tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida 1,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida «K. K.» fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga jami 1 mlrd 679 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryo tumanida joylashgan «D. I.» fermer xo‘jaligi suv nasosi hisoblagichiga aralashish yo‘li bilan 3,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalangani haqida xabar berilgan edi.