Xitoyda 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi: Mirziyoyev hamdardlik bildirdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
9 kishi qidirilmoqda
Qutqaruvchilar portlash yuz bergan konga tushishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. / Foto: Cao Yang/Xinhua/AP Photo/picture alliance

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan yirik avariya munosabati bilan XXR raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z maktubida vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tilab, jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishiga umid bildirdi.

O‘z navbatida, XXR Raisi Si Szinpin voqea yuzasidan sinchkovlik bilan surishtiruv o‘tkazishni va aybdorlarni qonun doirasida javobgarlikka tortishni buyurdi.

Fojia tafsilotlari

«Sinxua» agentligining xabar berishicha, 23-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 holatiga ko‘ra, hodisa oqibatida 82 kishi halok bo‘lgan, yana 9 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Jami 123 nafar konchi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.

DW ma’lumotlariga ko‘ra, portlash vaqtida yer ostida jami 247 kishi bo‘lgan. Ushbu halokat Xitoy tog‘-kon sanoatida so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik fojialardan biri bo‘lishi mumkin.

Ushbu hodisa Xitoy tog‘-kon sanoatida so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik halokat bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Shansi provinsiyasi Xitoy ko‘mir sanoatining asosiy markazlaridan biri sanaladi. Hozirda ko‘mir mamlakat umumiy energiya iste’molining 50% dan ortig‘ini ta’minlashda davom etmoqda.

Shuningdek