Toshkent metrosida bitiruvchilar qo‘shig‘i jonli ijroda yangradi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Rossiyalik reper Bastaning «Vypusknoy» (Bitiruv) qo‘shig‘i

25-may kuni Toshkent metropolitenida maktab bitiruvchilari uchun kutilmagan musiqiy sovg‘a uyushtirildi. Bu haqda videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videolarda metro bekatlaridan birida mashhur rossiyalik reper Bastaning «Vypusknoy» (Bitiruv) qo‘shig‘i yangragani aks etgan.
Shu tariqa yo‘lovchilar metroda maktab yillari bilan bog‘liq qo‘shiqlarni tinglash imkoniga ega bo‘ldi. Musiqiy atmosfera ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan iliq va bayramona kayfiyat sifatida baholandi.
Tadbir maktabni tamomlayotgan yoshlarni tabriklash va ular uchun unutilmas kayfiyat yaratish maqsadida tashkil etilgani aytilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikadagi 10 mingdan ortiq maktablarni 1,1 mln o‘quvchi bitirayotgani haqida yozgandi.