Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatiga «Real»siz boradi

25-may 2026 16:09 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: UEFA.com

Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati uchun o‘zining yakuniy tarkibini e’lon qildi va unda «Barselona» futbolchilari ko‘pchilikni tashkil etmoqda. «Real Madrid» klubidan birorta ham futbolchi terma jamoaga chaqirilmadi.

Kutilmagan qarorlar natijasida Madridning «Real» klubidan birorta ham futbolchi mundial uchun yakuniy ro‘yxatga kiritilmagan. So‘nggi yillarda «Real» asosan legionerlarga tayangani sababli, ispan futbolchilarining yetishmovchiligi terma jamoada bunday tarixiy holatga olib kelgani taxmin qilinmoqda.

Foto: Instagram / 433

Kataloniyaning «Barselona» klubi esa terma jamoa o‘zagini tashkil etmoqda. Yakuniy ro‘yxatdan jamoaning 8 nafar futbolchisi, jumladan, Lamin Yamal, Pedri, Gavi, Pau Kubarsi, Dani Olmo, Erik Garsiya, Joan Garsiya hamda Ferran Torres joy oldi.

Ispaniya terma jamoasining tarkibida Angliya Premyer-ligasi vakillari ham muhim o‘rin egallagan. Londonning «Arsenal» klubidan uch nafar futbolchi jalb etilgan bo‘lsa, «Manchester Siti»dan Rodri, «Chelsi»dan Kukurelya ro‘yxatdan o‘rin olgan. Shuningdek, mahalliy «Atletiko Madrid» va «Atletik Bilbao» klublaridan ham 3 nafardan futbolchi mundialga yo‘l olmoqda.

Avvalroq Kursiv nashri Angliya Jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek