May oyining so‘nggi kunlarida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin — hududlar

eʼlon qilindi
Respublika bo‘ylab jami 63 ta tuman va shaharlarda
15–22-may kunlari ayrim hududlarda suv toshqinlari kuzatilishi mumkin
May oyining so‘nggi kunlarida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin — hududlar / Foto: Yourhikeguide

26-maydan 1-iyungacha kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirish berdi.

Quyida sel xavfi e’lon qilingan hududlar keltirilgan:

ViloyatSel xavfi kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlar
QashqadaryoYakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor
SurxondaryoSariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot
SamarqandUrgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon
NavoiyXatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana
JizzaxZomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod
ToshkentOhangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari
NamanganPop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on
Farg‘onaSo‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq
AndijonAndijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri

Mutasaddilar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi.

Shuningdek, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkinligi ham qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning qator hududlarida sel oqimlari kuzatilgan edi. Kursiv toshqinlar aks etgan videolarni e’lon qildi.

Shuningdek