
26-maydan 1-iyungacha kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirish berdi.
Quyida sel xavfi e’lon qilingan hududlar keltirilgan:
| Viloyat | Sel xavfi kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlar |
|---|---|
| Qashqadaryo | Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor |
| Surxondaryo | Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot |
| Samarqand | Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon |
| Navoiy | Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana |
| Jizzax | Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod |
| Toshkent | Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari |
| Namangan | Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on |
| Farg‘ona | So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq |
| Andijon | Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri |
Mutasaddilar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi.
Shuningdek, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkinligi ham qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning qator hududlarida sel oqimlari kuzatilgan edi. Kursiv toshqinlar aks etgan videolarni e’lon qildi.