
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy 30 kishilik tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar berdi.

Tarkibdan 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 10 nafar yarim himoyachi va 7 nafar hujumchi joy olgan. Ro‘yxatga mahalliy klublar vakillari bilan birga xorij chempionatlarida o‘ynayotgan legionerlar ham kiritildi. Jumladan, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov, «Istanbul Bashakshehir»da to‘p surayotgan Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov bor.
O‘zbekiston terma jamoasi 26-may kuni tongda Toshkent — Nyu-York yo‘nalishi orqali AQShga yo‘l oladi. Dastlabki uchrashuv 1-iyun kuni Edmonton shahridagi «Commonwealth Stadium»da mezbon Kanadaga qarshi o‘tkaziladi. Keyingi o‘yin esa 8-iyun kuni Nyu-Yorkdagi «Icahn Stadium»da Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston terma jamoasining may oyidagi yig‘ini uchun tarkibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.