O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga 76 ta kompyuter to‘g‘ri kelmoqda

eʼlon qilindi
2010-yilga nisbatan 6 barobardan ko‘proq o‘sishni qayd etgan
O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga 76 ta kompyuter to‘g‘ri kelmoqda
Foto: Pexels

O‘zbekistonda 2025-yilda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 76 ta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlar uy xo‘jaliklari bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar asosida shakllantirilgan. So‘nggi 15 yil ichida aholining kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi sezilarli oshgan. 2010-yilda har 100 ta uy xo‘jaligiga 12 ta kompyuter to‘g‘ri kelgan.

2015-yilda bu ko‘rsatkich 47 taga yetgan. 2020-yilda esa 100 ta uy xo‘jaligiga 60 ta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri kelgan. 2025-yilga kelib ko‘rsatkich 76 taga yetgan bo‘lib, 2010-yilga nisbatan 6 barobardan ko‘proq o‘sishni qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbekistonliklar 2026-yilda qaysi davlatlarga eng ko‘p sayohat qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 83,7 ming nafarga oshgan. 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida o‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan davlatlar ro‘yxatida Qirg‘iz Respublikasi yetakchilik qilmoqda 899 ming nafar. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (388,4 ming nafar) va Qozog‘iston (354,8 ming nafar) joylashgan.

Shuningdek