
Crunchyroll Anime Awards 2026 marosimi Tokioda bo‘lib o‘tdi. Unda yilning eng yaxshi anime loyihalari va ijodkorlari taqdirlandi, deya xabar berdi Lifehaker nashri.
Asosiy mukofot – «Yil animesi» sovrini My Hero Academianing final mavsumiga nasib etdi. Ushbu loyiha Dandadan, The Apothecary Diaries, Gachiakuta va boshqa mashhur animelarni ortda qoldirdi.
«Yil filmi» nominatsiyasida esa Demon Slayer: Infinity Castle g‘olib deb topildi. Film Chainsaw Man: Reze Arc, Mononoke va boshqa loyihalar bilan raqobat qilgan.
Mukofotning boshqa asosiy yo‘nalishlarida quyidagi animelar g‘alaba qozondi:
- Eng yaxshi original anime — Lazarus;
- Eng yaxshi davomiy anime — One Piece;
- Eng yaxshi yangi anime — Gachiakuta;
- Eng yaxshi drama — The Apothecary Diariesning 2-mavsumi;
- Eng yaxshi komediya — Dandadanning 2-mavsumi;
- Eng yaxshi ekshen va eng yaxshi animatsiya — Solo Levelingning 2-mavsumi.
Shuningdek, The Apothecary Diaries qahramoni Маomao yilning eng yaxshi bosh qahramoni deb topildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6 yillik kutishdan so‘ng Dorohedoro animening ikkinchi mavsumi boshlanishi haqida yozgandi.