Kino va seriallar

2026-yilning eng yaxshi animelari e’lon qilindi

Asosiy mukofot – «Yil animesi» sovrini My Hero Academianing final mavsumiga nasib etdi
Foto: Lifehaker

Crunchyroll Anime Awards 2026 marosimi Tokioda bo‘lib o‘tdi. Unda yilning eng yaxshi anime loyihalari va ijodkorlari taqdirlandi, deya xabar berdi Lifehaker nashri.

Asosiy mukofot – «Yil animesi» sovrini My Hero Academianing final mavsumiga nasib etdi. Ushbu loyiha Dandadan, The Apothecary Diaries, Gachiakuta va boshqa mashhur animelarni ortda qoldirdi.

«Yil filmi» nominatsiyasida esa Demon Slayer: Infinity Castle g‘olib deb topildi. Film Chainsaw Man: Reze Arc, Mononoke va boshqa loyihalar bilan raqobat qilgan.

Mukofotning boshqa asosiy yo‘nalishlarida quyidagi animelar g‘alaba qozondi:

  • Eng yaxshi original anime — Lazarus;
  • Eng yaxshi davomiy anime — One Piece;
  • Eng yaxshi yangi anime — Gachiakuta;
  • Eng yaxshi drama — The Apothecary Diariesning 2-mavsumi;
  • Eng yaxshi komediya — Dandadanning 2-mavsumi;
  • Eng yaxshi ekshen va eng yaxshi animatsiya — Solo Levelingning 2-mavsumi.

Shuningdek, The Apothecary Diaries qahramoni Маomao yilning eng yaxshi bosh qahramoni deb topildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6 yillik kutishdan so‘ng Dorohedoro animening ikkinchi mavsumi boshlanishi haqida yozgandi.