O‘zbekiston terma jamoasi AQShga uchib ketdi, Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi — 26-may kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Какие изменения ввели в Узбекистане с 1 марта
Foto: Maria Baranova / Unsplash

O‘zbekiston terma jamoasi AQShga uchib ketdi, Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi — 26-may kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Yangi Chevrolet Onix Eco avtomobili qachon taqdim etiladi

Yangi Chevrolet Onix Eco avtomobili qachon taqdim etiladi
Foto: Chevrolet

Chevrolet’ning Braziliyadagi bo‘linmasi dilerlarga yangi Onix Eco haqida ma’lumot bergan. Model 2027-yilgi Onix oilasining boshlang‘ich versiyasi sifatida sotuvga chiqariladi. Avvalgi ma’lumotlarda Onix Eco faqat xetchbek bo‘lishi aytilgan edi. Biroq yangi xabarlarga ko‘ra, avtomobil xetchbek va sedan kuzovlarida taklif etiladi.

Toshkentda 100 kmga yaqin yangi pulli avtomobil yo‘llari qurilishi mumkin

Toshkentda 100 kmga yaqin yangi pulli avtomobil yo‘llari qurilishi qurilishi mumkin
Foto: poytaxt hokimligi

Toshkent shahrida 100 kmga yaqin yangi pulli avtomobil yo‘llari qurilishi mumkin. Bu masala Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya va Xitoyning China Railway Construction Corporation kompaniyasi rahbariyati o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Toshkent shahri hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda poytaxt transport infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Tomonlar shaharda qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llarini qurish istiqbollarini ko‘rib chiqqan. Jumladan, uzunligi qariyb 100 km bo‘lgan halqa pulli yo‘lini barpo etish masalasi muhokama qilingan.

Toshkentda 43 daraja: O‘zgidromet iyun oyida ob-havo issiq bo‘lishini prognoz qildi

Toshkentda 43 daraja: O‘zgidromet iyun oyida issiq ob-havo bo‘lishini prognoz qildi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda iyun oyida ob-havo harorati odatda may oyiga nisbatan 4–5 darajaga yuqori bo‘ladi. Cho‘l hududlarda esa bu farq 6–7 darajagacha yetishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.

So‘nggi 15 yil ichida faqat ayrim yillarda iyun oyi me’yordan biroz salqinroq bo‘lgan. Jumladan, respublikaning katta qismida 2019-yil iyuni, shimol va cho‘l hududlarda esa 2017 hamda 2018-yil iyun oylari nisbatan sovuqroq kechgan. Iyun oyida O‘zbekistonning katta qismida o‘rtacha kunlik harorat 31–36 daraja atrofida bo‘ladi. Janub va cho‘l hududlarida esa havo me’yordan 3–4 darajaga issiqroq bo‘lishi mumkin.

Dollar oshdi: 1-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar oshdi: 1-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

1-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 4,11 so‘mga oshib, 12 001,94 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 5,99 so‘mga oshib, 13 973,86 so‘mni, rubl esa 0,64 so‘mga tushib, 166,67 so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi AQShga uchib ketdi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun bugun, 26-may tongida Toshkent — Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha AQShga yo‘l oldi.

Terma jamoa Nyu-Yorkka yo‘l olgan bo‘lsa-da, safarda «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov ishtirok etmayapti. U Manchesterdan AQShga alohida yetib borishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

2026-yil 27-may kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi belgilandi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Hayit namozi viloyatlar kesimida turlicha vaqtlarda ado etiladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida namoz vaqti 05:05 etib belgilangan. Toshkent viloyatida esa bu ko‘rsatkich 05:10 ni tashkil etadi.

Yosh shunchaki raqam. O‘zbekistonda 60 yoshdan oshgan 162 erkak farzandli bo‘ldi

Foto: Unsplash

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar – mart oylarida jami 191 ming 86 chaqaloq dunyoga keldi. Ular orasida 60 yoshdan o‘tgan otalardan dunyoga kelganlar soni 162 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta ko‘rsatkich 25 – 39 yosh oralig‘idagi otalar hissasiga to‘g‘ri keladi — 158 ming 984 nafar. 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar orasida esa bu raqam 16,4 ming nafarni tashkil etgan.

Qoraqalpog‘istonda kriptomayning uchun neft va gaz konlaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Foto: reform.com

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Besqala Mining Valley nomli maxsus kriptomayning zonasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Tegishli loyiha Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, mazkur hudud rezidentlariga nafaqat elektr tarmoqlari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, balki rentabelligi past neft va gaz konlaridan ham foydalanish imkoniyati berilishi mumkin. Gap uglevodorodlarni yetkazib berish tizimi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan konlar haqida ketmoqda.

Elektr va gaz narxining oshishi aholi xarajatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi

INI
Foto: Depositphotos

Markaziy bankning 2026-yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining sezgan inflyatsiya darajasi o‘rtacha 11,1 foizni tashkil etdi. Tadqiqotda 3 475 nafar respondent qatnashgan.

Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryoda — 12,9 foiz qayd etilgan bo‘lsa, eng past daraja Farg‘onada — 9,5 foiz bo‘ldi. Shuningdek, Surxondaryoda 12,4 foiz, Toshkent viloyatida 12,1 foiz, Sirdaryoda 11,7 foiz va Toshkent shahrida 11,5 foizlik sezilgan inflyatsiya qayd etilgan. Namangan 11,3 foiz, Jizzax 11,1 foiz, Samarqand 10,6 foiz, Navoiy 10,2 foiz, Buxoro, Andijon va Xorazmda 10,1 foiz, Qoraqalpog‘istonda esa 10 foiz ko‘rsatkich kuzatilgan.

Hayit kunlari shifoxonalar navbatchilik asosida ishlaydi

2026-yilda «103» xizmatida Online-shifokor konsultatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi
Foto: SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 27 – 31-may kunlari shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va oliy ta’lim klinikalarida xizmat ko‘rsatish davom etadi.

Hududlardagi 39 ta tumanlararo shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi ham ishlaydi. Shoshilinch tibbiy yordam markazi, uning 13 ta hududiy filiali va 200 ga yaqin shoshilinch yordam bo‘limida shifokorlar 24 soat navbatchilik qiladi.

Eronda qariyb 90 kunlik cheklovdan so‘ng internet qayta tiklanadi

Eronda qariyb 90 kunlik cheklovdan so‘ng xalqaro internet qayta tiklanadi
Foto: Reuters

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qariyb 90 kun davom etgan internet cheklovlaridan so‘ng xalqaro internetga kirishni qayta tiklash bo‘yicha farmoyish berdi.

Hozircha Eronning global internet tarmog‘iga qachon va qanday tartibda to‘liq ulanilishi noma’lumligicha qolmoqda. NetBlocks ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat fuqarolari 87 kun davomida xalqaro internetdan foydalana olmagan. Faqat ayrimlar qimmat va murakkab VPN xizmatlari orqali cheklovlarni aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Tibbiy jihozlar ishlab chiqarish yangi tartib asosida tekshiriladi

Tibbiy jihozlar ishlab chiqarishi yangi tartib asosida tekshiriladi
Foto: Basenton Logistics

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan «Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shuningdek