Milliy terma jamoa AQShda qanday kutib olindi — foto

eʼlon qilindi
Terma jamoa tantanali tarzda qarshi olindi
Milliy terma jamoa AQShda qanday kutib olindi / Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Foto: O‘FA

Terma jamoa 26-may tongida Toshkent — Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qildi. Jamoa safar yakunida Nyu-York shahriga yetib keldi.

Foto: O‘FA

Terma jamoaning AQShdagi yig‘in va tayyorgarlik jarayonlari Jahon chempionati oldidan olib borilayotgan rejalar doirasida tashkil etilmoqda. Safar davomida futbolchilar va murabbiylar shtabi belgilangan dastur asosida mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Foto: O‘FA

Safarda «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov ishtirok etmadi. U Manchesterdan AQShga alohida yetib boradi.

Foto: O‘FA

Ma’lumot uhcun, O‘zbekistonning ilk uchrashuvi 2026-yil 1-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahridagi «Commonwealth Stadium» o‘yingohida mezbon davlat terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘FA

Ikkinchi o‘yin esa 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi «Icahn Stadium» arenasida Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi kechadi.

Foto: O‘FA

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy 30 kishilik tarkibi tasdiqlangan edi.

Tarkibdan 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 10 nafar yarim himoyachi va 7 nafar hujumchi joy olgan. Ro‘yxatga mahalliy klublar vakillari bilan birga xorij chempionatlarida o‘ynayotgan legionerlar ham kiritildi. Jumladan, «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov, «Istanbul Bashakshehir»da to‘p surayotgan Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov bor.

Shuningdek